TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda savdo majmuasi qurilishi vaqtida jarohatlangan ishchilar ahvoli haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, “Riviera” savdo majmuasi hududida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda yuqoridan temir konstruksiya qulashi oqibatida 6 nafar quruvchi jarohatlanib, ulardan 4 nafari vafot etgan. 2 nafari esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Jarohatlanganlar zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, O.Sh. o‘ng tavon suyagining sinishi tashxisi bilan o‘rta og‘ir ahvolda, Z.R. esa aralash travma, chap yelka suyagining sinishi tashxisi bilan yotqizilgan.
Xabarda bemorlar malakali shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘lib, ularga barcha kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilayotgani qo‘shimcha qilingan.