TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Kuni kecha Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat poytaxtida “Siyoma” ichimliklar va alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish zavodini ochdi.
Hozirgi vaqtda zavodda 100 kishi ishlamoqda. 25 nafar xorijiy mutaxassis yana 160 kishini o‘qitmoqda. Suv Dushanbedan 55 km uzoqlikda bo‘lgan Siyoma darosidan olinadi.
Tojikiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot va demografiya instituti bo‘limi mudiri Xojamaxmad Umarov “Siyoma” suvi eksporti haqida Sputnik Tojikistonga o‘z fikrlarini aytdi.
“Tojikiston O‘zbekiston janubiy viloyatlariga suvni eksport qilishi mumkin. Agar tojik-afg‘on chegarasi xavfsiz bo‘lganda, Afg‘oniston shimoliy viloyatlariga eksport qilish mumkin edi. Bu suv mikrokrisstal tuzilishga ega, u odam qon tomir tizimini tozalash uchun foydalidir. Bundan tashqari, bu suv juda mazali va u olinadigan daryo Markaziy Osiyoda juda mashhur”, - dedi mutaxassis.