Milliy bank Xitoydan 500 million yuan kredit oladi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyNatsionalniy Bank Uzbekistana
Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyga tashrifi davomida 500 millon yuan kredit olish haqida kelishuvga erishdi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston Milliy banki Xitoy Davlat rivojlanishg banki (XDRB) bilan 500 million yuan (69,8 mln. dollar) miqdorida kredit liniyasi ochish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Milliy bank Xitoy Davlat rivojlanish banki bilan 500 million yuan miqdorida kredit liniyasini ochish haqida kelishib olishdi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu kelishuv 27-avgust kunlari Pekinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo komissiyasi uchrashuvida imzolangan.

“Xitoy yuanida kredit olishning asosiy ustuvorligi– uning LIBOR stavkasiga bog‘liq emasligidir. Undan tashqari yuanda hisob-kitob qilish valyuta ayirboshlash xarajatlarini kamaytiradi”, - dedi Milliy bank vakili.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xitoy O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkoridir.Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiga Xitoy investitsiyalari miqdoriham juda katta bo‘lib  8 milliard dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0