Kiselov: Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar pozitsiyasini yaxshiladi

Obuna bo‘lish
“Rossiya segodnya” Xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselov Kiyev sudining “RIA Novosti Ukraina” rahbari Kirill Vishinskiyni qamoqdan ozod qilish to‘g‘risidagi qaroriga izoh berdi.

Dmitriy Kiselov “RIA Novosti Ukraina” rahbari Kirill Vishinskiy 2018-yil 15-maydan buyon soxta ish bo‘yicha hibsda saqlanganini ta’kidladi.

“Ozod qilish juda oddiy tarzda ro‘y berdi – bu prezident Zelenskiyning qarori. Bu siyosiy qaror va bu jarayonning o‘zi siyosiy bo‘lganini tasdiqlaydi”, - deya e’tibor qaratdi “Rossiya segodnya” agentligi bosh direktori

Kiyev apellyatsiya sudi jurnalist Kirill Vishinskiyni shaxsiy kafillik ehtiyot chorasi bilan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Jurnalist zimmasiga sud va tergovchining birinchi talabini bilan hozir bo‘lish majburiyati yuklandi.

Yangiliklar lentasi
0