TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Uzbekistan Airways Tailandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni boshlaydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
2019 yil 14-dekabrdan Pxuket oroliga MAK yo‘lovchilarni olib borishni boshlaydi. Parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi.
27 avgustdan avia chiptalar sotilmoqda, ularni kompaniyaning saytida yoki savdo ofislarida sotib olish mumkin.