Oliy darajali o‘pishuvlar

Obuna bo‘lish
Oliy darajali o‘pishuvlar: G7 sammitida Tramp, Merkel va Melaniya kimdan bo‘sa oldi.

Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti yakunida, an’anaga muvofiq guruh fotosi olindi. Guruh fotosiga tayyorlanish vaqtida, yuzlab kameralar nigohi ostida AQSh prezidenti o‘zining ikki yonida turgan Germaniya bosh vaziri Angela Merkelni hamda Fransiya birinchi xonimi Bridjit Makronning yuzidan do‘stona o‘pich oldi.

AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp ham osonlikcha bo‘sh keladiganlardan emas. U istasa AQSh prezidentidan ham “qasos olishi” mumkin.

Trampning bo‘salaridan so‘ng, Melaniya ham ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan o‘ng tomonida turgan Kanada bosh vaziri Jastin Tudoga ikki yuzini tutdi. Ma’lumki, aynan Tudo G7 rahbarlari orasida eng yosh va eng ko‘rkam erkak deb hisoblanadi.

Voqea qanday bo‘lganini videolavhamizda tomosha qiling. 

Eslatib o‘tamiz, 24-26 avgust kunlari Fransiyaning Biarritsa shaharchasida G7 sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada va Yaponiya rahbarlari uchrashishdi.

Yangiliklar lentasi
0