TOShKENT, 27 avg – Sputnik. “Katta yettilik - “G7” sammitiga AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp kiygan ko‘ylagi internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda, deb xabar qildi Daily Express.
Fransiyaga AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi tashrif buyurganda aeroportda tasvirga olingan suratlar tarmoqda paydo bo‘ldi.
Suratlarda samolyot trapidan Melaniya pushti gullar bilan bezatilgan yorqin sariq libosda tushayotgani ko‘rish mumkin.
Internet foydalanuvchilari AQSh birinchi xonimi Calvin Klein brendi libosida bo‘lganligini aniqlashdi. AQSh prezidenti rafiqasining libosi haqida obunachilar turli izohlar yozishdi.
“Sariq nimchalar namoyishlari munosabati bilan Melaniya sariq libosni kiydi”, - deb yozgan foydalanuvchi.
Ba’zilar esa Melaniya libosidagi gullarni qonli dog‘larga o‘xshatdi: “Makronga uning shavqatsizligini eslatganiz uchun, rahmat”, - deb yozilgan.