“Toshkent-Urganch” yo‘nalishidagi avtobus haydovchisiga chora ko‘riladi – Transport vazirligi

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda haydovchi avtobus yo‘lovchilar bilan to‘la bo‘lishiga qaramasdan xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘l-yo‘lakay avtobusga qo‘shimcha yo‘lovchilarni olgani aks ettirilgan. Chiptasiz yo‘lovchilar esa avtobusning o‘rindiqlar oralig‘idagi yo‘lakka o‘tirib olishgan.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi “Toshkent-Urganch” avtobusidagi holat bo‘yicha izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanishni boshlagan “Toshkent-Urganch” yo‘nalishidagi “Uzautotrans Service” MChJga tegishli avtobusda olingan suratlar paydo bo‘ldi. 

Ushbu suratlarda avtobus haydovchisi barcha o‘rindiqlarga chipta sotilgan va yo‘lovchilar bilan to‘la bo‘lishiga qaramasdan korxona ichki tartib qoidalarini va tashuvlar bo‘yicha xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘l-yo‘lakay avtobus saloniga qo‘shimcha yo‘lovchilarni olgani, chiptasiz yo‘lovchilar esa avtobusning o‘rindiqlar oralig‘idagi yo‘lakka o‘tirib olgani aks ettirilgan.

Avtobus vyezjayet na trasportnuyu razvazku - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yo‘lkira narxini o‘zboshimchalik bilan oshirgan haydovchi kechirim so‘radi

Bu o‘z navbatida boshqa yo‘lovchilarga noqulayliklar keltirib chiqarib, ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilardan biri mazkur vaziyat yuzasidan “Toshkent” avtovokzalining ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ariza qoldirgan.

Transport vazirligi xabarida mazkur holat yuzasidan kelib tushgan ariza zudlik bilan “Uzautotras Service” MChJ rahbariyati bilan muhokama qilingani qayd etilgan.

Shuningdek, vazirlik tashuvlar bo‘yicha xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchi va mutasaddi xodimlarga tegishli choralarni ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilayotgani qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0