BAAda ayol u bilan hech qachon tortishmagan eri bilan ajrashmoqchi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishJenshini v Melnichnoy kolonnade
Jenshini v Melnichnoy kolonnade  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol sudda “erining sevgisi bilan bo‘g‘ib qo‘yilganini” aytgan. Erining bir marta ham gap qaytarmagani uning sabr kosasini to‘ldirgan.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarida ayol eri “uni juda ham qattiq sevgani” tufayli ajrashishga qaror qildi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar qildi.

Kak gotovat v Rossii samiy dorogoy burger s susalnim zolotom - Sputnik O‘zbekiston
BAAda ayol burger olib kelishni unutgan eri bilan ajrashishga qaror qildi

Ayol emiratning Fujayra shariat sudiga ajrashish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan. Sudda o‘zini “erining sevgisi bilan bo‘g‘ib qo‘yilganini” aytgan.

“U hech qachon menga baqirmaydi, biror istagimni rad qilmaydi”, - deya hasrat qilgan ayol. Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i ba’zan u uchun taom tayyorlagan va uylarni supurib sidirib, orasta qilgan.

Hammasidan ham erining to‘ydan keyin bir yil davomida biror marta ham gap qaytarmagani o‘tib tushgan va juda jahlini chiqargan.

“Men tortishuvlarga muhtojman, hattoki janjallarga ham. Men bir martagina bo‘lsa ham tortishishni xohlayman, biroq buning mening romantik erim bilan sira iloji yo‘q. U hamisha meni kechiradi va sovg‘alar bilan ko‘mib tashlaydi”, - deya dardlarini to‘kkan ayol.

Pamirskiy zavtrak - Sputnik O‘zbekiston
Iftorlik uchun taom tayyorlamadi: quvaytlik er xotini ustidan politsiyaga shikoyat qildi

Shuningdek, ayol eri uning hayotini jahannamga aylantirganidan noligan.

Erkak xotinining qaroridan qattiq xafa bo‘lgan va ideal va mehribon er bo‘lishga doimo harakat qilganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, xotini uni ortiqcha vazni uchun koyigani sababli parhez tutgan va sport bilan shug‘ullanishni boshlagan. Mashg‘ulotlarning birida oyog‘ini sindirib ham olgan.

Dili xufton bo‘lgan er sudyadan xotiniga arizasini qaytarib olishni tavsiya qilishni o‘tinib so‘ragan. Natijada sud er-xotinga murosaga kelishlari uchun imkon berish maqsadida ishni ko‘rib chiqishni boshqa kunga qoldirgan.

Yangiliklar lentasi
0