Chechenistonda Yevropadagi eng katta masjid ochilmoqda – translyatsiya yakunlandi

Obuna bo‘lish
Bugun 23-avgust kuni Chechenistonning Shali tumanida barpo etilgan “Ramzan Qodirov” nomidagi masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham ishtirok etmoqda.

Masjid loyihasi muallifi – o‘zbekistonlik me’mor Abdukaxor Turdiyev.

Mazkur jome masjid, har biri 63 metr bo‘lgan to‘rt minoraga va balandligi 43 metr bo‘lgan qubbaga ega. Masjid qurilishi 2012-yilda boshlangan. Chiroyi va uslubi jihatidan masjid dunyoda o‘ziga xos bo‘lib, uning ichi va tashqarisi yunon oq marmarlari bilan bezatilgan.

Masjid Yevropa mintaqasidagi eng yirik masjidlardan biri bo‘ladi. Masjidda bir vaqtning o‘zida 30 mingdan ziyod kishi ibodat qilishi mumkin ekan.

 

Yangiliklar lentasi
0