Energiya tejovchi uskunalar xarid qilgan shaxslarga kompensatsiya taqdim etiladi

Obuna bo‘lish
Qaror bilan 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

- xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (o‘rtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (o‘rtacha 200 litr) o‘rnatiladi;

- nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.

2020 yil 1-yanvardan:

-  jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:

- quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so‘mdan;

- quyosh suv isitkichlar uchun – 1,5 million so‘mdan;

- gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.

O‘zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqariladi

Qaror bilan 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0