Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vstretilsya s zamestitelem gossekretarya SShA
Mirziyoyev vstretilsya s zamestitelem gossekretarya SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish va ushbu mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Xeylni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

AQSh diplomati O‘zbekiston rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, prezident Donald Tramp va davlat kotibi Mayk Pompeoning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Andrey Kazansev - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo Trampga qiziq emas – Kazansev

Devid Xeyl AQSh O‘zbekistonda davlat qurilishi va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni yuksak baholashini ta’kidladi.

Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish va ushbu mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0