Ravon avtomobillaring Rossiyada sotuvi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© JEWEL SAMAD / AFPChevrolet Spark
Chevrolet Spark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzAuto Motors kompaniyasi Rossiya bozoriga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ymoqda.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Ravon avtomobillaring Rossiya bozoridagi savdosi sentabr oyidan boshlanishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda UzAuto Motors xabar qildi.

Qayd etilishicha, “UzAvtoMotors SNG” distributorlik kompaniyasi avtomobillar savdosini jadal yo‘lga qo‘yish borasida Rossiyaning dilerlik korxonalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon-2016. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Rossiyada muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun nima qilish kerak - ekspert fikri

Dastlabki R2 (Chevrolet Spark), R3 (Chevrolet Nexia3) va R4 (Chevrolet Cobalt) modellari Rossiya bozoriga avgust oyining oxiri va sentabr oyining boshida yetkaziladi.

Avvalroq kompaniya Ozarbayjon, Ukraina, Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston, Tojikiston, shuningdek Qozog‘iston Respublikalariga avtomobil eksportini yo‘lga qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Ravon avtomobillari Rossiya bozoriga qaytgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0