TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Jo‘qori Kenesh deputati Irina Karamushkinaga jinoiy ishda gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishi haqida ogohlantirish xatini topshirdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Karamushkinaga odamlarni garovga olish bo‘yicha ayblov ilgari surilgan.
Bugun deputat Pervomaysk tumani sudiga olib ketildi, u yerda unga ehtiyot chorasini qo‘llash haqida qaror qabul qilinadi.
Karamushkina Facebook’dagi sahifasida u ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va odamlarni garovga olishda ishtirok etishda ayblanayotgani haqida post yozgan.
Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlog‘ida GKNB kuchishlatar bo‘linmasi Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm uning tarafdorlari tomonidan yo‘qqa chiqarildi.
Sakkizinchi avgust kuni huquq-tartibot organlari takroriy shturm amalga oshirdi, oqibatda siyosatchi taslim bo‘ldi.
Atambayev 26-avgustga qadar GNKB SIZOsida qoldirish qarori qabul qilindi. Shuningdek, uning bir necha tarafdorlari ham hibsga olingan.