Andijonda shifokorning qo‘li bog‘lanib, ustiga benzin sepilishi yuzasidan munosabat bildirildi

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishSnimki, poluchennie s pomoshyu portativnogo rentgena
Snimki, poluchennie s pomoshyu portativnogo rentgena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro avvaliga shifokorning bo‘ynidan qo‘li bilan bo‘g‘a boshlagan, keyin qo‘llarini orqaga qilib bog‘lagan. So‘ngra sumkasini ichidan suyuqlikka to‘la yelim idish chiqarib, suyuqlikni xonaga va shifokorning ustiga sepgan. Shifokor ushbu suyuqlik benzin ekanini bilib, baqira boshlagan.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijonda shifokorlarga qilingan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi.

Vazirlik 21-avgust kuni Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida shifokorlarga bemorning qarindoshi tomonidan suiqasd uyushtirilishi, shifokorlar xonasiga benzin sepib, xonaga o‘t qo‘yib yuborishga uringanlik holatini ming afsus bilan qayd etgan.

Xabarda vazirlik Oliy Majlisga shifokorlar haq-huquqlari himoyasini yanada mustahkamlash maqsadida amaldagi qonunchilikni yanada kuchaytirish, shuningdek, Bosh prokuratura, IIV kabi qator huquqni muhofaza qilish organlaridan fuqarolarning shifokorlarga tahdid va tajovuz qilish kabi holatlarning oldini olish va bartaraf etish borasida jiddiy va keskin choralar ko‘rib borishlarini, bu borada profilaktika ishlarini yana kuchaytirishlarini qat’iy so‘rab qolishi qo‘shimcha qilingan.

Vrach derjit rentgenovskiy snimok - Sputnik O‘zbekiston
SSV: shifokorga kuch ishlatganlik uchun jazo kuchaytirilishi lozim

Avvalroq O‘zA nashrida Andijonda shifokorning qo‘li bog‘lanib, ustiga benzin sepilgani haqida maqola chop qilingandi. Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bemor A.I.ning o‘g‘li tomonidan mazkur tibbiyot muassasasining ortopediya va jarohatlar oqibatlari bo‘limi xodimlariga nisbatan tajovuz amalga oshirilgan. 2019-yilning 21-avgust kuni bemor imtiyozli yo‘llanma bilan o‘g‘li hamrohligida tibbiyot muassasasiga kelib, shifokor B.Sh.ga uchrashgan. Bemor muassasaning neyroxirurgiya bo‘limiga imtiyozli yo‘llanma asosida yotqizilgan. Bemor neyroxirurgiya bo‘limiga joylashgach, neyroxirurgiya bo‘limi shifokori O.A. bemor va uning o‘g‘li bilan suhbatlashgan. Suhbat davomida bemorga hozirda mazkur muassasada medikamentoz va fizioterapevtik muolajalar o‘tkazilishini, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya markaziga esa 2019-yilning 4-choragida imtiyozli yo‘llanma asosida yuborilishini tushuntirgan. 

SSV tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir bo‘lgan mushtlashuv holatiga izoh berdi

Shundan so‘ng, B.Sh. operatsiyani tugallab chiqayotganda bemorning o‘g‘li u bilan suhbatlashmoqchi ekanini aytgan. Shifokor uni o‘z xonasiga taklif qilib, olib kirgan. U yerda bemorning o‘g‘li rentgenogrammani qayta ko‘rib berishini iltimos qilgan. B.Sh. rentgenogrammani yoruqqa qarab ko‘rayotgan vaqtda u uning orqasidan kelib, bo‘ynidan bo‘g‘a boshlagan. Shifokor qarshilik qilib, tajovuz qilayotgan shaxsning qo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qilgan, ammo u yanada qattiq bo‘g‘a boshlagan. Shunda shifokor hushini yo‘qotadi, hushiga kelgan vaqtda qo‘llari orqaga qilib bog‘langan holda, stol ostida yotgan bo‘lgan. Bemorning o‘g‘li shifokorni stolga o‘tqazib, undan zudlik bilan “AKFA Med line”ga qo‘ng‘iroq qilib, kerakli mutaxassisni chaqirtirib, onasini shu yerda operatsiya qildirib berishini talab qiladi. 

Shifokor undan qo‘llarini bog‘lamdan chiqarishini so‘ragan. Shu payt u sumkasini ichidan suyuqlikka to‘la yelim idish chiqargan, so‘ng yelim idishdagi suyuqlikni xonaga va shifkorning ustiga sepgan. Shifokor ushbu suyuqlik benzin ekanini bilib, baqira boshlagan.  Muassasadagi tibbiyot xodimlari eshikni sindirishgan. Shunda eshik ortidagi xodimlarga ham benzin socha boshlagan. Natijada hamshira M.E.nig ko‘ziga benzin sochilishi natijasida jarohatlangan. Eshik buzib kirilganda bemorning qo‘lida yondirgich bo‘lgan. Xodimlar yondirgichni olib qo‘yish niyatida uning qo‘liga yopishgan vaqtda yana bir xodim A.M.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan. 

Tajovuz oqibatida muassasaning to‘rt nafar xodimi jabrlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Yangiliklar lentasi
0