TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Ukraina sobiq prezidenti Potr Poroshenko oilasi bilan Norvegiyaga dam olgani jo‘nab ketdi. Bu haqda “Ukrainskie novosti” agentligi xabar qilmoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Poroshenko Norgvegiyaning o‘zining baliqchilik turizmi bilan mashhur bo‘lgan Olesunn shahriga jo‘nab ketgan. Sobiq prezidentni charter reysi bilan uchib kelgandan so‘ng mahalliy “Vigra” aeroportida ko‘rishgan.
Potr Poroshenkoning Norvegiyaga tashrif buyurishining boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyevning Solomenka tuman sudi Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosiga Ukraina prezidenti Potr Poroshenko va tashqi ishlari vazir Pavel Klimkinga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish majburiyatini yuklagani xabar qilingan edi.