Pekindagi O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochilish marosimi 19-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ishtirok etdi. Kamilov o‘zining Xitoyga bo‘lgan 2 kunlik tashrifi doirasida elchixona yangi bilanosi ochilish marosimida ham ishtirok etdi.
Yangi elchixona binosi Pekinning markaziy ishbilarmonlik hududida joylashgan bo‘lib, u ko‘p asrlik o‘zbek me’morligi an’analarini hamda zamonaviy arxitektura tendensiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan. O‘zbekiston elchixonasi yaqinida AQSh, Fransiya, Yaponiya, Hindiston, Yaponiya va Malayziya diplomatik vakolatxonalari joylashgan.
Elchixona binosining birinchi qavatida “Samarqand”, “Buxoro”, “Xiva”va “Qo‘qon” nomli anjumanlar va madaniy tadbirlar zallari joylashgan. Elchixona oldidan an’anaviy o‘zbek ayvoni ham qurilgan.