TOShKENT, 21 avg - Sputnik. AQSh Davlat departamenti Nur-Sultondagi yopiq uchrashuvda Markaziy Osiyo xavfsizligini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
"S5+1" formatidagi oliy darajadagi uchrashuv Nur-Sultonda boshlangan. Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh Davlat Departamenti o‘rinbosari ishtirok etmoqda.
"Birinchi sessiyada biz iqtisodiy hamkorlik va sheriklikni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama etamiz, moderator - Amerika Qo‘shma Shtatlari. Ikkinchi sessiya - Afg‘onistondagi tinchlik masalalari muhokamasiga bag‘ishlanadi, moderator - O‘zbekiston Respublikasi. Uchinchi sessiya - Markaziy Osiyo xavfsizligi masalalari muhokamasiga bag‘ishlanadi, moderator - Tojikiston Respublikasi" , - deb aytgan Qozog‘iston tashqi mahkama rahbari Beybut Atamkulov.
Yig‘ilish yopiq formatda o‘tkazilmoqda, matbuot protokol syomkasi uchungina kiritilgan.
"S5+1" formati Markaziy Osiyodagi besh davlat va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalarida ko‘pqirrali hamkorlik mexanizmini nazarda tutadi.