TOShKENT, 20 avg – Sputnik. O‘zbekistondan Xitoyga achchiq qalampir eksportiga yo‘l ochildi.
“O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga achchiq qalamir eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya talablari to‘g‘risida bayonnoma imzolangan.
Xitoy tomoni talabiga ko‘ra, achchiq qalampir mahsulotlarini XXRga eksport qilishga tegishli ruxsatnomani olish uchun eksport qiladigan tadbirkorlik subektlari reyestrini shakllantirish va Xitoy tomoniga tasdiqlash uchun har yili eksport mavsumi boshlanishidan kamida 2 oy oldin jo‘natish talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avalroq yil boshidan buyon qalampir eksporti O‘zbekistonga 15 million dollardan ortiq daromad keltirgani xabar qilingan edi. Yanvar-fevral oyilarida O‘zbekistondan qalampir eksporti 10,8 baravar o‘sgan.