TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Samarqand davlat universiteti huzurida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi, deb xabar qilmoqda, Huquqiy axborot portali.
Ushbu maktabning asosiy vazifasi etib - fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni tanlash, ularga zamon talablariga mos chuqur bilim berish belgilandi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab maktabning 7-sinfiga fizika-matematika yo‘nalishi bo‘yicha 60 nafar, kimyo-biologiya yo‘nalishi bo‘yicha 60 nafar o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
Maktab direktori Samarqand davlat universiteti rektori tavsiyasiga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.