Psixologlar muvaffaqiyatli kishilarning farqli tomonini ma’lum qilishdi

© TherunetStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik mutaxassislar shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda kimlar shaxsiy hayotda muvaffaqiyatliroq ekanini aniqlashdi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Amerikadagi Kinsi nomidagi institut psixologlari o‘z yozishmalarida emodzini (smaylik) tez-tez ishlatuvchi kishilar boshqalarga qaraganda ko‘proq uchrashuvga chiqishlari va umuman shaxsiy hayotda muvaffaqiyatli ekanliklarini aniqlashdi. Tegishli maqola Plos One jurnalida chop qilingan.

Final Vserossiyskogo konkursa Yunaya rossiyskaya krasavitsa 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Internetga qiziqish o‘smirlarni sog‘lig‘i va baxtidan mahrum qiladi – London olimlari

Mutaxassislar onlayn so‘rov o‘tkazishgan va unda 5 mingdan ziyod oila qurmagan amerikaliklar ishtirok etishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, so‘rovda ishtirok etganlardan 38 foizi yozishmalarida umuman emodzi ishlatmaydi, 29 foizi kamdan-kam ishlatadi, yana 30 foizi esa muntazam ravishda ishlatadi. Respondentlarning atigi 3 foizi har bir jumlasida emodji qo‘llashini tan olgan.

Psixologlarning so‘zlariga qaraganda, so‘rov o‘z yozishmalarida emodzini tez-tez ishlatuvchi kishilar shaxsiy hayotda muvaffaqiyatliroq ekanini ko‘rsatgan. Bunday kishilar ko‘proq uchrashuv belgilashadi va yuqori jinsiy faollikka egalar. Maqola mualliflari so‘rovda ishtirok etganlar aynan qaysi emodzilarni ishlatishganiga oydinlik kiritishmagan, biroq ularning sevgi bobida omadlari chopganiga e’tiborlarini qaratishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qon guruhi inson hayoti va boylik orttirishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0