Naqd valyuta banklarda qachon paydo bo‘ladi?

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishBanknoti nominalom 1 dollar SShA
Banknoti nominalom 1 dollar SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri naqd valyutani qachon va qaysi banklardan sotib olish mumkinligini aniqladi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Bir necha banklar valyutani bugundan sotishni boshlagan, qolganlari ertaga sotishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Masalan, Ipak Yo‘li banki ertalabdan naqd valyuta sotishni boshlagan. Uni sotib olish uchun pasport va pul bilan bank bo‘limiga kelish kerak. Ipak Yo‘li bankida 1 dollarni 9 450 so‘mdan sotib olinmoqda va 9 350 so‘mdan sotilmoqda.

Tablo kursa dollara v vitrine operatsionnoy kassi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi

Asia Alliance Bank ayni damda valyuta ayirboshlash punktlarini tayyorlamoqda. Ular naqd valyuta almashtirishga 21-avgustdan tayyor bo‘lishlarini xabar qilishdi.

Kapitalbank esa bugun soat 14:00 dan valyuta ayirboshlashga tayyor ekanini xabar qildi. Lekin xizmatdan o‘z vaqtida foydalanish uchun bankka ertaga kelishni maslahat berishdi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, banklarda navbat katta emas.

Eslatib o‘tamiz, bugun 20-avgustdan boshlab O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklariga naqd valyuta sotishga ruxsat berdi. Undan tashqari bugundan boshlab valyuta kursi Markaziy bank tomonidan belgilanmaydigan bo‘ldi. Endi kurslar so‘rov va taklif asosida bozor mexanizmlari yordamida belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0