TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Italiyalik sayyoh Eleonora Litarru Xorazmcha non tayyorlash sirlari bilan tanishishdi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekistonga avgust oyi yakunida yuzga yaqin Instagram-blogerlari tashrif buyurishi haqida xabar bergandik. Mehmonlar 22-27 avgust kunlari World Influencers Congress anjumaniga keladi.
Respublikaning bosh turizm idorasi ma’lum qilishicha, tadbirning asosiy maqsadi turizmni rivojlantirish, blogerlar global tarmog‘ini kengaytirishga doir g‘oyalar va ilg‘or usullari bilan o‘zaro almashish uchun platforma yaratish ko‘zda tutilgan.
Blogerlardan Suzanna Brux, u 13 million obunachilarga ega. Bloger o‘z sahifasida Gretsiya, Fransiya, Italiya, Singapur, Germaniya, Chexiya, AQSh, Avstriya va Yaponiyaga sayyohatlar haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, O‘zbekistonga moda olami va shoping haqidagi Senstylable blog asoschisi Reyta Xakaj keladi.
Bundan tashqari, o‘zbekistonliklar Ravana Bin Xusayna, byuti-bloger Sadaf va fotosuratchi Altuga Galipani ko‘rishi mumkin.