Bosh konsullik Turkiyaga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

© REUTERS / MURAD SEZERVzletnaya polosa aeroporta v Stambule.
Vzletnaya polosa aeroporta v Stambule. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyada 90 kundan ortiq turgan va vatanga kechikishlarsiz o‘z reysida qaytishni istaydigan O‘zbekiston fuqarolari Istanbul ayeroportiga vaqtliroq borib, oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari va belgilangan jarimalarni to‘lashlari mumkin

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat yo‘lladi.

O‘zbekistonlik ayol Istanbul shifoxonasida vafot etdi

Xabarda aytilishicha, Istanbul ayeroportida uchish oldidan jarima to‘lash bilan bog‘liq muammolar ijtimoiy tarmoqlarda muhokama va munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

"Jarimalar miqdorini aniqlash va uni to‘lash faqatgina fuqarolarning ketishi oldidan ro‘yxatdan o‘tib, qo‘llariga uchish talonlarini olgandan so‘ng amalga oshiriladi. Bosh konsullik Yangi Istanbul ayeroportida jarimalar miqdorini aniqlash va to‘lash ishlari faqat 2 ta darchada amalga oshirilayotganini inobatga olishingizni so‘raymiz", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida Bosh konsulxona "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Istanbul shahridagi vakolatxonasi bilan muzokaralar o‘tkazgan. Unda Turkiyada 90 kundan ortiq turgan va vatanga kechikishlarsiz o‘z reysida qaytishni istaydigan O‘zbekiston fuqarolari Istanbul ayeroportiga vaqtliroq borib, oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari va belgilangan jarimalarni to‘lashlari mumkin.

Kechki aviareyslarda uchishi lozim bo‘lgan yo‘lovchilar kunning birinchi yarmida (ertlabki reysga ro‘yxatdan olish vaqtida) ro‘yxatdan o‘tishlari va kun davomida jarima va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlari mumkin.

Bosh konsulxona Turkiyaning Aydin, Balikesir, Biledjik, Bursa, Chanakkale, Edirne, Istanbul, Izmir, Izmit, Kirklareli, Manisa, Sakariya va Tekirdog‘ kabi viloyat va shaharlari hamda Bolgariya va Ruminiya hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Zarur holatlarda O‘zbekiston fuqarolari Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkin (+90 212 323-20-37, faks: +90 212 312 20 40, e-mail: uzbekconsul@yahoo.com). O‘zbekistonliklar shuningdek, favqulodda vaziyatlarda yoki dam olish kunlari quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin +90 507 853 15 66 (WhatsApp, Telegram, Viber, IMO).

Yangiliklar lentasi
0