TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Shveysariya Harbiy havo kuchlarining ikki qiruvchi samolyoti bir necha daqiqa Jeneva osmonida “Rossiya” maxsus uchish otradi samolyotini kuzatib borgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Samolyot bortida jurnalistlar, Putin yordamchisi va uning matbuot kotibi – Yuriy Ushakov va Dmitriy Peskov bo‘lgan. Rossiya delegatsiya Fransiya janubiga parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan, chunki u yerda Vladimir Putin va Emmanuel Makron muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Peredovoy samolyot s rossiyskoy delegatsiyey i jurnalistami kremlovskogo pula, kotorie budut osveshat peregovori Putina i Makrona na yuge Fransii, neskolko minut v nebe nad Jenevoy soprovojdali dva istrebitelya shveysarskix VVS. pic.twitter.com/ohyXJHADMf
— Kremlevskiy pul RIA (@Kremlinpool_RIA) 19 avgusta 2019 g.
Dmitriy Peskov bu holat birinchi emasligini qayd etgan.
Vladimir Putin bugun Fransiyaga bir kunlik tashrif bilan keladi va prezident Emmanuel Makron bilan muzokaralar olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Boltiq dengizi ustidagi neytral hudud ustidan uchib o‘tayotgan vaqtida NATOning F-18 qiruvchi samolyoti unga yaqinlashishga uringani xabar qilingan edi.