Samarqand yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

© MChS UzbekisanaPokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya
Pokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Toshkent vaqti bilan 20:46 da O‘zbekistonda zilzila qayd etildi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. 2019 yil 18-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 20:46 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Koordinatalar 38,95 gradus shimoliy kenglik, 67,10 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik h=30km. Toshkentgacha masofa 314 km janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Jizzax: 144 km; 2 ball
Samarqand: 79 km; 2 ball
Qarshi: 114 km; 2 ball.

Xabarda O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagani qo‘shimcha qilingan. Shuningdek, talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Yangiliklar lentasi
0