Rossiyada o‘zbekistonlik harakatlanayotgan poyezddan sakradi

Obuna bo‘lish
Rossiyaga kirishi taqiqlangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiya hududida tushib qolish maqsadida harakatlanayotgan poyezddan o‘zini yerga tashladi.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi Rossiya hududida tushib qolish maqsadida harakatlanayotgan poyezddan sakradi. Bu haqda Orenburg viloyati prokuraturasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik ikkki yil ilgari migratsiya qonunchiligini buzganligi sababli Rossiya hududidan chiqarib yuborilgan. Qolaversa, unga yana Rossiya hududiga kirish 5-yil muddatga taqiqlangan bo‘lgan.

Pod poyezd radi xaypa: kak nakajut tashkentskogo blogera - Sputnik O‘zbekiston
Mashhurlikni deb poyezd ostiga yotdi: toshkentlik blogerga jazo beriladimi

Shunga qaramasdan, joriy iyulning iyul oyida 31 yoshli o‘zbekistonlik Qozog‘iston hududida bo‘la turib, Rossiya hududidan tranzit orqali harakatlanuvchi poyezdga chipta xarid qilgan. Rossiya hududidan o‘tayotganda mamlakatda qolish maqsadida harakatlanayotgan poyezdan sakragan.  So‘ngra Orenburg viloyatining Sol-Ilesk shahrida chegara xizmati harbiylari tomonidan qo‘lga olingan va u aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Unga nisbatan RF JKning 322-moddasi 2-qismi (Rossiya davlat chegarasining chet el fuqarosi tomonidan noqonuniy kesib o‘tilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zatilgan.

Hozirda tasdiqlangan ayblov dalolatnomasi sudda ko‘rib chiqilishi uchun Sol-Ilesk tuman sudiga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0