"Siz haqiqiy vatanparvarlarsiz": O‘zbekiston mudofaa vazirining tankchilarga tabrigi

Obuna bo‘lish
Mudofaa vaziri yurt sharafini munosib himoya qilgan "Tank biatloni" jamoasi bilan uchrashib, ularni qizg‘in muborakbod etdi

"Sizlarni nufuzli musobaqada yuksak marrani egallab, davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘targaningiz bilan qutlayman! Sizlar haqiqiy vatanparvarlarsiz! O‘zbekning quch-qudrati, mahorati va hech kimdan kam emasligini yana bir bor isbotladingiz! Sizlar bilan butun O‘zbekiston faxrlanadi!", - dedi vazir.

Shundan so‘ng Qurbonov Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu hamrohligida "Do‘stlik uyi"da tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Xalqaro armiya o‘yinlarining yopilish marosimi "Tank biatloni" musobaqasining 1-divizion final bahsidan so‘ng Moskva viloyatidagi "Patriot" parkida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0