Toshkent viloyatida bozorda savdo qilayotgan ayollar kuch bilan qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey KudenkoZeleniy rinok v Dushanbe
Zeleniy rinok v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa ayol farzandlarining ko‘z o‘ngida yuz bergan. Ayollardan biri hushidan ketgan

TOShKENT, 16 avg - Sputnik. Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi bozorda katta janjal yuz berib, mojaro davomida huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar ayollarni kuch bilan qo‘lga olishga harakat qildilar, deb xabar qilmoqda UPL.

Postradavshaya ot poboyev muja jitelnitsa Bulungura Zuxra Umarova vmeste s materyu - Sputnik O‘zbekiston
Ayovsiz kaltaklangan 10 kunlik kelin ishi yakunlanmoqda: zo‘ravon erga qanday jazo berildi?

Qo‘lga olish vaqtida ayollardan biri hushidan ketgan va yerga yiqilgan. Farzandlari onasini hushiga keltirishga urinishgan.

Videoda shuningdek, ayol farzandlari qay tarzda o‘z onasini huquqni muhofaza qilish organlaridan himoya qilishga uringanliklari aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqda bu holat katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi va qizg‘in muhokama qilinmoqda, foydalanuvchilarning aksariyati bu oila hech kimdan yordam so‘ramay, pul topishga harakat qilishlari haqida yozganlar.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.

2018 yil davomida O‘zbekistonda ayollarga qarshi 5 664ta zo‘ravonlik holatlari yuz bergan, ular orasida 932 nafari sodir etilgan jinoyatlar natijasida jabrlangan.

Yangi qonun bu kabi muammolarga barham berish, ayollarni oilada, ish joylarida, ta’lim muassasalari va boshqa joylarda turli qiynoq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0