Quvonch ko‘z yoshlari, raqs va do‘ppilar: o‘zbek tankchilari g‘alabani qanday qarshi olishdi

Obuna bo‘lish
“Tank biatloni” final bahsidagi g‘alabani o‘zbekistonlik tankchilar katta quvonch bilan qarshi olishdi.

Harbiylar raqsga tushib, qo‘shiqlar kuylashdi, xushxabarni aytish uchun yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilishdi.

O‘zbekiston jamoasi xalqaro armiya o‘yinlari “Tank biatloni”da ilk bor ishtirok etishiga qaramasdan final bosqichiga chiqdi. Qizg‘in va shiddatli bellashuvda g‘alab qozondi.

So‘nggi bahsda o‘zbekistonlik tankchilar Vyetnam, Ugarda va Kuba harbiylarini ortda qoldirdi. O‘zbekiston tankchilari 2 soat 7 daqiqa 22 soniya ichida marraga birinchi bo‘lib yetib kelishdi, 24 nishondan 13 tasini yakson qilishdi.

O‘zbek tankchilari g‘alabani qanday qarshi olganini Sputnik lavhasida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0