TOShKENT, 16 avg — Sputnik. “Forish” tog‘ poligonida V Xalqaro armiya o‘yinlari doirasi O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston harbiylari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri voqea joyidan xabar qildi.
“Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining final bosqichida “Xalqaro tanlov g‘olibi” nominatsiyasi bo‘yicha umumjamoa hisobida Qozog‘iston ikkinchi, Rossiya esa uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, Gentra avtomobili bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etdi.
Individual musobaqalarda O‘zbekiston yaxshi ko‘rsatgichlarga erishdi. Masalan, Liliya Manasipova to‘siqlardan o‘tishda rekord o‘rnatdi.
“Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro musobaqasining tantanali yopilish marosimi konsert dasturi va mushakbozlik yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, 4—15 avgust kunlari O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Qiziqarli bahs va munozaralarga to‘la bo‘lgan 12 kun davomida 11 ta davlatning 200 nafarga yaqin harbiy-tibbiyot mutaxassislari nafaqat yuqori malaka va mahoratlarini namoyish qilishdi, balki harbiy birodarlik va do‘stona munosabatlarni ham ko‘rsatishdi.