TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi Samarqand va Namangan viloyatlarida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.
XTV xabariga ko‘ra, vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarda keltirib o‘tilgan holatlarni o‘rganib chiqadi.
Mehnat vaziri majburiy mehnatning hashardan farqini tushuntirdi
Xabarda ushbu holatga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligi doirasida chora ko‘rilishi qo‘shimcha qilingan.
Vazirlik bu kabi holatlarni oldini olish va xalq ta’limi tizimi xodimlari huquqlarini himoya qilish maqsadida shikoyatlarni qabul qilishda qulay bo‘lgan virtual inspektorni ishga tushirilganini eslatib o‘tgan. Tizimdagi xodimlar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin.