Britaniyada kelin-kuyov o‘z to‘yida mehmonlarni ovqat qoldiqlari bilan siyladi

© Sputnik / Konstantin ChalabovDevushka s fastfudom
Devushka s fastfudom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taomnomada tovonbaliq va olabug‘a baliqlari, novvos go‘shti, cho‘chqa qovurg‘alari, tovuq go‘shti, shuningdek vegetarianlar uchun tayyorlangan ovqatlar bo‘lgan

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Buyuk Britaniyada yosh kelin-kuyovlar to‘yda mehmonlarni ovqat qoldiqlari bilan siylashdi. Mehmonlar bu haqda oldindan ogohlantirilmagan, deb xabar qilmoqda Daily Mirror nashri.

Pamirskiy zavtrak - Sputnik O‘zbekiston
Iftorlik uchun taom tayyorlamadi: quvaytlik er xotini ustidan politsiyaga shikoyat qildi

Xabarda aytilishicha, Keyli va Jo Tilstonlar turmush qurishlari munosabati bilan uyushtirilgan banketda mehmonlarni restoranlardan olib kelingan ovqat qoldiqlari bilan siylashgan. Taomnomada tovonbaliq va olabug‘a baliqlari, novvos go‘shti, cho‘chqa qovurg‘alari, tovuq go‘shti, shuningdek vegetarianlar uchun tayyorlangan ovqatlar bo‘lgan. Yuz bergan voqeani ular hammadan sir saqlagan. Faqat banket oxirida kelin-kuyov mehmonlarga tamaddi ovqat qoldiqlaridan tashkil topganini aytishgan.

Dasturxondagi taomlarning kelib chiqishi ayrim mehmonlarni shok holatiga solgan bo‘lsa-da, ammo e’londan so‘ng qo‘shimcha so‘raganlari ham bo‘lgan.

Keyli va Joning so‘zlariga ko‘ra, qayta ishlash va takroran foydalanish evaziga axlat miqdorini qisqartirishga erishish mumkin. Bundan tashqari, qoldiqlardan iborat banket odatiyga nisbatan besh barobar arzonga tushgan.

Ta’kidlanishicha, kelin-kuyov nikoh bazmiga 280 kishi taklif etilgan bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0