Qozog‘istonda 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus egasiga hukm chiqarildi

© Komitet po ChS MVD Kazaxstana / Mediabankka o‘tishBolee 50 chelovek pogibli v zagorevshemsya avtobuse v Kazaxstane
Bolee 50 chelovek pogibli v zagorevshemsya avtobuse v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Orduxan Mextiyev fojiadan so‘ng darhol qochib, O‘zbekiston hududida tergovdan yashirinib yurgan. 2018-yil oxirida Toshkentda qo‘lga olingan va vataniga ekstraditsiya qilingan.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Sariag‘ash tuman sudi 2018-yilning boshida Aqto‘be viloyatida yong‘in tufayli 52 kishi halok bo‘lgan avtobus egasi Orduxan Mextiyevga hukm chiqardi. 

Informburo.kz nashrining xabar qilishicha, Mextiyev uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Hukm bilan Mextiyev jazo muddatini minimal xavfsizlikdagi jazoni ijro etish muassasasida o‘tashi belgilangan.

Aqto‘be fojiasi

Rodstvenniki pogibshix pri pojare v passajirskom avtobuse - Sputnik O‘zbekiston
Guvohlar kelmayapti: Aqto‘beda yonib ketgan avtobus egasi ustidan sud boshlandi

Qozog‘iston Aqto‘be viloyati Samara-Chimkent trassasida 57 nafar kishi bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Yong‘in oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi – ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Besh nafar kishi, shu jumladan, qozog‘istonlik haydovchilar omon qoldi.

2018 yil noyabrida Qozog‘iston Aqto‘be sudi uch nafar avtobus haydovchisiga hukm chiqardi. Ularga 5-yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Transport kompaniyasining ta’sischisi va mexanigi 3,5 yil ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning oila a’zolariga 2 million tenge miqdorida tovon puli to‘lashi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Orduxan Mextiyev 2018-yil yanvarida fojiadan so‘ng Mextiyev darhol qochib, O‘zbekiston hududida tergovdan yashirinib yurgan. Shu bois xalqaro qidiruvga berilgan. 2018-yil oxirida Mextiyev O‘zbekiston huquq tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan va Qozog‘iston tomoni so‘roviga asosan Chimkentga ekstraditsiya qilingan.

Yangiliklar lentasi
0