TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Tojikiston hukumati chorva mollari va barcha zotdor mollar uchun mamlakatga olib kiriladigan ozuqani QQS va import bojidan ozod qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, Tojikiston hukumati bozorlarda go‘sht narxini pasaytirish choralarini qabul qilmoqda. Respublika hukumati chorva mol uchun import qilinadigan oziqa uchun imtiyozlarni taqdim etdi.
Dushanbe bozorlarida mol go‘shti – 52 somoni (5,5 $), qo‘y go‘shti – 50 somoni (5,2 $), tovuq go‘shti – 23 (2,4 $) somoni tashkil qiladi.