O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari “elakdan o‘tkaziladi”

© Sputnik / Lev RijkovTrudovie migranti
Trudovie migranti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyati tekshiruvdan o‘tkaziladi.

TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari  vazirligi fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida ayrim Xususiy bandlik agentliklarining faoliyatini tekshirish rejalashtirmoqda. Bu haqda ushbu vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Xashar v Rishtane  - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vaziri majburiy mehnatning hashardan farqini tushuntirdi

Xabarda aytilishicha, respublikada litsenziyaga ega 61 ta Xususiy bandlik agentliklari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ayrim Xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarga ishga joylashish borasida xizmatlar ko‘rsatilishi uchun ulardan oldindan 100% to‘lovlarni amalga oshirish talab etilmoqda va undirilgan to‘lovlar evaziga fuqarolarni ishga joylashtirish xizmatlari ko‘rsatilmay qolmoqda.

Natijada fuqarolar tomonidan Xususiy bandlik agentliklariga to‘lagan mablag‘larini qaytarish talab etilganda, ushbu mablag‘lar qaytarilmayapti yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsada, mablag‘larning ma’lum bir qismi asossiz ushlab qolinmoqda.

“Tekshirish yakuni bo‘yicha qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan Xususiy bandlik agentliklarining litsenziyasini to‘xtatish, tugatish, bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi, shuningdek Nizom va Bitim talablarini buzgan Xususiy bandlik agentliklari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar va ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi”, - deyilgan xabarda.  

Yangiliklar lentasi
0