TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Berlinda joylashgan eski Tempelxof aeroportida maxsus bokslarga ega majmua qurilishi rejalashtirilmoqda. U yerda seks-xodimalar xizmat ko‘rsatadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston BBCga tayangan holda.
Shahar okrugi meri Mitte Stefan fon Dassel xuddi shu taklifni ilgari surganligi aytilmoqda. Yashillar partiyasi vakili bo‘lgan amaldor, bu tarzda Kurfurstenshtrasse ko‘chasida avj olgan fohishalik ishlariga qarshi kurashmoqchi. Bu ko‘cha Berlinda seksni tijoratga aylantirib yuborganlarning asosiy "ish joyi" hisoblanadi.
"Mahalliy aholi va biznes vakillari mana uzoq yillardan buyon ko‘cha fahshini taqiqlashga chaqirib keladilar", - deyiladi mer bayonotida.
Ammo shahar senati bandlikning ushbu turiga holat yanada yomonlashishidan qo‘rqib, taqiq qo‘yishdan bosh tortmoqda. Fon Dassel so‘zlariga ko‘ra, Kurfurstenshtrasse ko‘chasida mijozlar ularga shahvoniy xizmat shu qadar past narxda ko‘rsatilishiga intilishadiki, natijada fohishalar minimal daromad uchun maksimal darajadagi kishilarga xizmat ko‘rsatishga majbur bo‘lmoqda. U shuningdek, seks-xodimalarining aksariyati - Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropadan kelgan migrant ayollar ekanligiga e’tibor qaratgan.
Okrug rahbarining fikriga ko‘ra, seks-xizmatning eski aeroport hududiga "ko‘chirilishi" bu kasb egalarini xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. U mijozlar o‘z avtomobillarida kirishi mumkin bo‘lgan bir nechta yopiq bokslardan iborat majmuani qurishni taklif etmoqda.
Bu g‘oya barcha berlinliklarga ham ma’qul kelgani yo‘q. Xususan, Sara Tiba ismli ayol CNNga, fohishalik hamisha shaharning ajralmas qismi bo‘lib kelganligi haqida gapirgan.
Qizlar nogironligi bor odamlarga jinsiy aloqa qilishga yordam berishmoqda - ular kimlar? >>>
"Mening nazdimda, seks-xizmat turlarini boylar uchun kamroq noqulayliklar tug‘diradigan joyga ko‘chirishmoqda. Bu ayollar sharoiti bor, ammo ko‘rinmaydigan joyda turgandan ko‘ra, ko‘chada turgani yaxshi", — degan Tiba.
Ilk "seks-budka"lar Niderlandlarda Utrextda 1980-yillarda paydo bo‘lgan, so‘ngra ularni Yevropaning boshqa shaharlarida ham tashkil etishgan. Germaniyaning Kolnida xuddi shunday majmua 2001-yilda paydo bo‘lgan, sal keyin xuddi shunday bokslar Essen, Bonn va Surixda ochilgan. Majmualar hududida xavfsizlik oliy darajada ta’minlangan, har bir boksda kuzatuv kameralari va tashvish tugmalari o‘rnatilgan.