TOShKENT, 13 avg - Sputnik. O‘zbekistonda tijorat banklari AQSh dollari kursini ko‘tardi. Bugungi kunda bir dollar 9 ming so‘mga yetdi.
Bugundan boshlab O‘zbekiston banklari dollar xarid qilish plankasini 8940 so‘m, sotish kursini esa - 9 ming so‘m qilib belgiladi.
Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 177,13 so‘mga ko‘tarilib, 8 882,00 so‘m tashkil qilgan edi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Markaziy banki ichki valyuta bozoridagi vaziyat bo‘yicha bayonot berib dollar kursi oshishiga tashqi va ichki omillarni sabab qilib ko‘rsatgan edi.
Jumladan, joriy yil iyul oyidan boshlab, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda (Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendensiyasi kuzatilmoqda, bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ichki omillar, asosan import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sib borishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgandi.