O‘zbekiston yana 20 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPriyem dokumentov na poluchenie shengenskoy vizi
Priyem dokumentov na poluchenie shengenskoy vizi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Meksika, Markaziy Amerika va Karib havzasi davlatlari fuqarolari 30 kun vizasiz O‘zbekiston hududida bo‘lishlari mumkin.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Rabota tamojennoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston JAR, Eron va Gonkong fuqarolari uchun viza shartlarini soddalashtirdi

Hujjat bilan 2020-yil 1-yanvardan boshlab 20 ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

Vizasiz rejim joriy qilingan davlatlar: Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Lyusiya, Bagam Orollari Hamdo‘stligi, Dominika Hamdo‘stligi, Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi, Yamayka.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston BAA fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0