TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Vladimir Zelenskiy rossiyaliklarga Ukraina fuqaroligini berish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida hukumatga topshiriq berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Hujjatda siyosiy ta’qibga uchragan shaxslar haqida aytilgan.
Qarorga asosan soddalashtirilgan tartib Ukrainaning mudofaasi va milliy xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lgan fuqarolarga taalluqli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 24-aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisi tomonidan Rossiya pasportlarini soddalashtirilgan tartibda olish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
O‘tgan yilning noyabr oyida Ukraina o‘z hududiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan Rossiya fuqarolarining kirishini ta’qiqlab qo‘ygan edi. Bunga javoban Rossiya hech qanday cheklov kiritmasligini, aksincha Ukraina fuqarolari uchun Rossiya fuqaroligini olish jarayonini osonlashtirishini e’lon qilgan edi.
Ayni damda Rossiyada bir milliondan ortiq Ukraina fuqarolari istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati Ukrainaning sharqiy hududlaridan kelgan fuqarolardir.
Ular Rossiya hududida, patent yoki yashashga ruxsatnoma asosida istiqomat qiladi, 77 ming kishi “vaqtincha qochqin” maqomiga ega.