O‘zbekiston tankchilari g‘alaba qozonib, finalga chiqdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tish"Tankoviy biatlon -2019". Individualnaya gonka
Tankoviy biatlon -2019. Individualnaya gonka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tankchilari “Tank biatloni”da final bosqichiga chiqdi.

TOShKENT, 13 avg – Sputnik. “Tank biatloni”da to‘rtinchi yarim final bosqichida O‘zbekiston jamoasi eng yaxshi natija erishdi va final bosqichiga yo‘l oldi.

Tankoviy biatlon -2019. Individualnaya gonka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston "Tank biatloni" yarim final bahsida - translyatsiya yakunlandi

To‘rtinchi yarim final bosqichida O‘zbekiston, Laos, Kuba va Quvayt jamoalari o‘z mahoratlarini namoyish qildi.

O‘zbekiston tankchilari yarim finalda eng yaxshi natija ko‘rsatdi: tankchilar 2 soat 37 soniyada finishga yetib keldi va 10 ta nishoni yakson qildi.

Boshqa ishtirokchilar Kuba jamoasi 10 ta, Quvayt – 3 ta va Laos – 2 ta nishonga tegdi. O‘yin davomida Laos jamoasi qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun bellashuvdan chetlashtirildi.

Musobaqada T-72 B-3 tankini boshqarish, to‘siqlardan o‘tish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizig‘iga yetib kelish vazifasini amalga oshirishdi.

Eslatib o‘tamiz, 3-17 avgust kunlari Moskva viloyatining Alabino poligonida “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston tankchilari bu musobaqada birinchi marta ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0