Bojxonachilar “Cobalt” mashinasi o‘rindig‘i ostida yashirilgan to‘pponchani topishdi

© Gosudarstvenniy tamojenniy komitetTamojenniki obnarujili pistolet, spratanniy pod sidenyem avtomashini Cobalt
Tamojenniki obnarujili pistolet, spratanniy pod sidenyem avtomashini Cobalt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxonachilar avtomashina o‘rindig‘i ostiga yashirilgan to‘ppnochani olib kirishga uringan shaxsni to‘xtatib qolishdi.

TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Bojxonachilar avtomashina o‘rindig‘i ostiga yashirilgan to‘ppnochani olib kirishga uringan shaxsni to‘xtatib qolishdi.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh fosh qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Daut-ata” chegara bojxona postida o‘zining qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina belgilangan tartibda ko‘zdan kechirliganida, avtomobilining orqa o‘rindig‘i tagiga 1 dona gazli pnevmatik to‘pponcha xufiyona tarzda yashirib qo‘yilganligi fosh bo‘ldi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri A.F. esa uyida saqlangan ov qurolini o‘z xohishi bilan bojxona organlariga  taqdim qildi.

Toshkent xalqaro aeroportida aniqlangan bojxona qonunbuzilishi holatida esa xorijdan uchib kelgan yo‘lovchilardan biri V.S. 1 dona patronni “yashil” yo‘lak orqali olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0