TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev odam o‘ldirish va boshqa qator og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Aniqlik kiritilishicha, Atambayev odam o‘ldirishdan tashqari ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, garovga olish va hukumat vakiliga nisbatan tahdid yoki zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Agar sud Atambayevni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 26-avgustgacha hibsga olingan.