TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiyada ishlab chiqarilgan Aurus avtomobillarini sotib olishga qaror qildi.
Avtomobillar birinchi Kaspiy iqtisodiy forumda namoyish qilindi.
Anjumanda Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham ishtirok etdi. Ular birgalikda oq rangdagi Aurus limuzinini tomosha qildi.
Berdimuhamedov Aurus barcha turdagi avtomobillarini sotib olishni rejalashtirgani va tegishli buyurma berishini aytdi.
“NAMI” davlat ilmiy markazi tomonidan "lustre white" rangli Aurus Senat limuzini 2019-yilda iyul oyida Turkmanistonda o‘tkaziladigan iqtisodiy forumda namoyish qilish uchun maxsus ishlab chiqildi.
Bu avtomobil ilk bir va yagona nusxada tayyorladi.