TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent shahrida 24-avgustdan boshlab sovuq suv va oqova suv (kanalizatsiya) narxi oshiriladi. Bu haqda “Suvsoz” DUK xabar qilmoqda.
Yangi narxga ko‘ra bir kub metr sovuq suv 310 so‘m + 100 so‘m maxsus ustamani tashkil qiladi. Hozirda ushbu qiymat 280 so‘m + 100 so‘mni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, kanalizatsiya narxi bir kub metr uchun 250 so‘m + 100 so‘mni (hozir 235 so‘m + 100 so‘m) tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 15-avgustdan isitish tizimi va issiq suv ta’minoti tariflari oshishi xabar qilingan edi.