Turistlar qo‘rqib qolgan va Qirg‘izistonga borishdan bosh tortmoqda

© Sputnik / Vladislav Ushakov / Mediabankka o‘tishOzero Issik-Kul
Ozero Issik-Kul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘plab turistlarni Qirg‘izistondagi so‘nggi voqealar juda qo‘rqitib yuborgan

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Chet ellik sayyohlarning bir qismi mamlakatga kelishdan bosh tortishdi, deb xabar qilmoqda, Sputnik Qirg‘iziston.

Zaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
Grozin: Atambayev o‘zi uchun umrbod qamoq jazosini tilab oldi

Sputnik tahririyatiga agentlik xabarlarini o‘qib boradiganlar murojaat qilib, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning izdan chiqishi turistik mavsumga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydimi, deya savol berishdi. Tahririyat bu savolni ekspertlarga yo‘naltirdi.

"Turistlar soni qisqardi. Pansionat va oromgoh egalari hamda boshqaruvchilari ko‘plab chet elliklar bron qilingan joylardan voz kechayotgani haqida aytishmoqda", - degan savolga javoban Qirg‘iziston Turistik alyans direktori Meder Tilekmatov.

Odamlar haqiqatan ham o‘zlarining hordiq vaqtini yo‘qqa chiqarmoqchi emas, qolaversa, shaxsiy xavfsizlik masalasi ham ular uchun muhim. Turistlarning o‘zaro muloqotlari skrinshotlari ham buni tasdiqlaydi. Misol uchun ulardan birida qaysidir turist hordiq chiqarish uyida amalga oshirgan bronidan voz kechgani aks etgan bo‘lsa, boshqalarida hozir Issiq-Ko‘l xavfsizmi, degan savollar yozilgan.

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi turizm departamenti rahbari Maksat Damir o‘g‘li QR kelishdan voz kechish holatlari haqiqatan borligini, ammo ular u qadar ko‘p emasligini aytmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatni Qirg‘iziston turistlarni yoppasiga yo‘qotadi, deya talqin qilish mumkin emas.

Almazbek Atambayev 8-avgust kuni ikkinchi shturm davomida qo‘lga olindi. Sobiq prezidentni o‘z qarorgohidan Bishkekka aylanma yo‘l bilan olib ketishgan - tarafdorlari uni olib qolish uchun qattiq kurash olib borgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya oqibatida ikki kun ichida 85 kishi jabrlangan, maxsus xizmat xodimlaridan biri o‘qotar quroldan yaralanish oqibatida halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0