Hibsga olingan Atambayevning foto-surati tarmoqda paydo bo‘ldi

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev sud qaroriga ko‘ra 26-avgustga qadar hibsga olindi.

TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Almazbek Atambayevning jinoiy ish doirasida tasvirga olingan foto surati tarqaldi.

Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot @bespredelKG telegram (@bezpredelkg)

Qirg‘izistonning sobiq rahbari Almazbek Atambayev korrupsiyada ayblanmoqda, u 26-avgust sanasiga qadar SIZOga yuborilgan.

Almazbek Atambayev kuni kecha, 8-avgust kuni maxsus operatsiya davomida qo‘lga olingan edi.

Yurist so‘zlariga ko‘ra, IIV sobiq prezidentni u QR Jinoyat kodeksining "Korrupsiya" haqidagi 319-moddasini buzganlikda ayblanayotgani haqida ogohlantirgan. Vazirlikning o‘zi bu borada sal kechroq izoh berishlarini ma’lum qilgan.

Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati ayni vaqtda Bishkekda tunda sobiq-prezident Atambayevning 40 nafar tarafdorlari qo‘lga olingani haqida bayonot bergan.

Yangiliklar lentasi
0