Toshkentda Mazda 3 mashinasini o‘g‘irlashda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi

© PixabayZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB ularni qidiruvga bergan edi. Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilardan biri muqaddam bir necha marta sudlangan.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Toshkentda Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlashda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlagan shaxslar qidirilmoqda – foto

Mashinani muqaddam bir necha marta sudlangan 27 yoshli Albert N. hamda muqaddam sudlangan 26 yoshli Denis Sh. o‘g‘irlab tashlab ketgani aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIBB Yunusobod tumanida Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlashga aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni qidiruvga bergani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0