Qirg‘izistondagi mojaro o‘ta xavfli nuqtaga yetdi – Rossiya razvedka xizmati rahbari

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Sergey Narishkin
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Sergey Narishkin  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati tomonlarni vazminlikka chaqirmoqda – Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin Qirg‘izistondagi mojaro yuzasidan izoh berdi.

Sotrudniki MVD. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev uyiga maxsus xizmat xodimlari bostirib kirdi - video

Unga ko‘ra, sobiq prezident lavozimidan ketishi bilan kelishmovchilik boshlandi.

“Almazbek Atambayev va amaldagi hukumat o‘rtasida mojaro, sobiq prezident o‘z vakolatlarini topshirishi bilan, birinchi oylarning o‘zida kelishmovchilik boshlandi. Afsuski, shu kunlarda mojaro juda xavfli nuqtaga yetdi”, - dedi Narishkin.

Razvedka xizmati rahbari so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati tomonlarni vazminlikka chaqiradi.

“Bizni albatta qardosh bo‘lgan xalq, mamlakatning  taqdiri tashvishga solmoqda. Rossiya hukumati vakillari tomonlarni vazminlikka chaqiradi”, - dedi Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni Qirg‘iziston maxsus kuchishlatar bo‘linma harbiylari sobiq prezident Almazbek Atambayevning Qo‘y-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Harbiylar sobiq prezidentni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkazishdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida bir nafar maxsus bo‘linma harbiysi halok bo‘ldi va 52 kishi jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0