Kadrlarda Atambayevning tarafdorlari to‘planganini hamda hujum vaqtida jabrlangan maxsus xizmat xodimlarini ko‘rish mumkin. Ular qonga belangan holda yotishibdi. Bir necha kishi ularni ushlab turibdi va boshqalardan harbiylarga teginmasliklarini so‘rashadi.
Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atambayevni qo‘lga olishga qaratilgan maxsus amaliyot o‘tkazildi, biroq bu muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida jami 45 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Spesnazlardan biri olgan jarohati halok bo‘lgan.